2026-yilda phishing hujumlaridan himoyalanish: amaliy qo‘llanma
Ijtimoiy muhandislik hujumlari murakkablashmoqda. Kompaniyalar uchun xodimlarni o‘qitish va texnik nazoratni birgalikda qo‘llash muhim.
Dilnoza Yusupova
Kiberxavfsizlik eksperti
Phishing — hali ham eng keng tarqalgan tahdidlardan biri. Hujumchilar sun’iy intellektdan foydalanib, ishonchli ko‘rinadigan xatlar va ovozli xabarlar yaratmoqda.
Himoya faqat antivirsdan iborat emas. Multi-factor authentication, email filtrlash, xodimlar uchun muntazam treninglar va incident response rejasi birgalikda ishlashi kerak.
Nima qilish kerak?
Shubhali havolalarni ochmang, parollarni qayta ishlatmang va muhim tizimlarda MFA yoqing. IT jamoasi esa loglarni kuzatib, noodatiy kirishlarni tezkor aniqlashi lozim.


